Bugun
4
O'zbek

Shomurodovning Kongo DRga urgani goli JCH-2026da 2-o'rinni egalladi

Futbol
27 iyul, 13:34
1-pog'onaga Kabo-Verde a'zosi Kabralning Argentinaga urgani goli loyiq ko'rildi.
Shomurodovning Kongo DRga urgani goli JCH-2026da 2-o'rinni egalladi
Фото: ЎФА

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovning 2026 yilgi FIFA jahon chempionatida Kongo DR darvozasiga urgani ajoyib goli FIFA tomonidan o‘tkazilgan «Turnirning eng chiroyli goli» so‘rovnomasida 2-o‘rinni egalladi.

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DRga qarshi uchrashuvning 10-daqiqasida to‘pni darvozabonning ustidan oshirib gol kiritgandi. Ushbu gol muxlislar va futbol mutaxassislari tomonidan mundialning eng chiroyli gollaridan biri sifatida e’tirof etildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur gol avvalroq FIFA muxlislari ovoz berishida Jahon chempionati guruh bosqichining eng chiroyli goli deb topilgan va turnirning umumiy so‘rovnomasiga yo‘l olgandi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu nominatsiya bo‘yicha birinchi o‘rinni Kabo-Verde terma jamoasi futbolchisi Sidni Lopes Kabralning Argentina darvozasiga urgani goli egalladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar