Live
6
O'zbek

Vozinya JChdan keyingi mashhurlik haqida: «Shaxsiy hayotim deyarli qolmadi»

Futbol
28 sentabr, 08:20
    6
Kabo-Verde milliy jamoasi darvozaboni jahon chempionatidan so‘ng mashhurlikning salbiy tomonlariga duch kelganini aytdi.
Vozinya JChdan keyingi mashhurlik haqida: «Shaxsiy hayotim deyarli qolmadi»
Foto: Getty Images

Kabo-Verde milliy jamoasi darvozaboni Vozinya 2026-yilgi jahon chempionatidagi ishtirokidan keyin mashhurligining oshishi hayotiga qanday ta’sir qilgani haqida gapirdi.

40 yoshli futbolchi turnirdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda millionlab obunachilarga ega bo‘lgan. Biroq uning ta’kidlashicha, mashhurlik bilan birga shaxsiy hayot va xotirjamlikning bir qismi ham yo‘qolgan.

«Men xotirjamligim va osoyishtaligimni yo‘qotdim. Endi shaxsiy hayotim qolmadi yoki hech bo‘lmaganda avvalgidan ancha kamaydi. Hozir ko‘chaga chiqsam yoki restoranga borsam, doimo men bilan suratga tushishni yoki dastxat olishni istaydigan kimdir topiladi. Yoki bundan ham yomoni, kimdir meni suratga ola boshlaydi. Hayotimda eng ko‘p o‘zgargan narsa shu va menimcha, bunga hech narsa qilib bo‘lmaydi», — dedi Vozinya.

Futbolchi mashhurlik va ommaviylikni ko‘pchilik faqat ijobiy jihatlari bilan tasavvur qilishini ta’kidladi.

«Ko‘pchilik mashhur bo‘lishni va omma e’tiborida bo‘lishni orzu qiladi, ammo bunday hayotning faqat ijobiy tomonlarini ko‘radi. Rostini aytsam, agar menga hozirgi hayotim bilan avvalgi hayotimdan birini tanlash imkoniyati berilsa, avvalgi hayotimni afzal ko‘rardim», — deya uning so‘zlarini Sports.ru keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, Vozinya 2026-yilgi jahon chempionatida Kabo-Verde milliy jamoasi safida ishtirok etgan.

Ma’lumot uchun, 40 yoshli darvozabon ayni vaqtda «Kolo-Kolo» klubida to‘p tepmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kabo-Verde Kabo-Verde
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

6 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar