"Manchester Siti"ning sobiq himoyachisi Jon Stounz "Inter"ga o'tish bo'yicha og'zaki rozilik berdi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marzio xabar qildi.
Manbaga ko'ra, tomonlar kelishuvni rasmiylashtirishga tayyor. Hozircha tibbiy ko'rik sanasi belgilanmagan. Angliyalik 32 yoshli futbolchi milanliklar bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi va har mavsum uchun 4 million yevro maosh olishi kutilmoqda.
O'tgan mavsumda Jon "Manchester Siti" safida barcha musobaqalarda 18 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 12 million yevroga baholanmoqda.