"Nyukasl" klubi hujumchi Harvi Barns bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi.
Futbolchi klub bilan yangi uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzoladi. Biroq kelishuvning aniq muddati oshkor etilmagan.
"Yangi mavsum boshlanishidan oldin shartnomamni uzaytirganimdan juda mamnunman. Bu yerdagi sayohatim ajoyib kechmoqda va uning davom etayotganidan xursandman. Klubga ilk kelgan kunimdanoq bu juda o'ziga xos joy ekanini his qilganman. Uch yil davomida esa bu fikrim yanada mustahkamlandi. Bu yerdagi shahar, stadion va muxlislar — hammasi menga yoqadi. Shuning uchun ham bu yerda qolaëtganimdan juda baxtliman.
So'nggi yillarda jamoa bilan muhim yutuqlar va unutilmas lahzalarni boshdan kechirdik. Endi esa yanada katta muvaffaqiyatlarga erishishni istaymiz. Men klubni yangi bosqichga olib chiqishga yordam beradigan muhim futbolchilardan biri bo'lishni xohlayman", - dedi Barns.
Eslatib o'tamiz, Barns 2023 yildan buyon "qarg'alar" sharafini himoya qilib kelmoqda.