«Arsenal» «Nyukasl» yarimhimoyachi Brunu Gimaraes transferi bo'yicha «qarğalar» bilan muzokara o'tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.
«To'pchilar» avval taklif qilgan 82 million evrolik taklifini oshirishga tayyor. Qayd etilishicha, «Arsenal» va Gimaraes o'rtasida shaxsiy shartnoma shartlari allaqachon kelishib olingan.
Endi transferning amalga oshishi «Nyukasl»ning qaroriga bog'liq bo'ladi. Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar kelasi hafta bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan.
Avvalroq Gimaraes faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkinligi ma'lum qilingan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi