Live
7
O'zbek

Gimaraes faoliyatini "MYU"da davom ettirishi mumkin

Futbol
16 dekabr, 02:30
Futbolchi qishdaoq klubini o'zgartirish niyatida.
Gimaraes faoliyatini "MYU"da davom ettirishi mumkin
Foto: BBC Sports

"Nyukasl" yarimhimoyachisi Bruno Gimaraes qishda klubini o'zgartirish niyatida. Bu haqda jurnalist Migel Delani xabar berdi.

Futbolchining vakillariga yaqin manbalar "Manchester Yunayted" bilan aloqa qilishgan. Qayd etilishicha, braziliyalik futbolchi "Nyukasl"dagi hozirgi holatdan norozi.

U yozda klub katta maqsadlar yo'lida kurashish uchun birorta ham sifatli futbolchi xarid qilmaganidan ko'ngli to'lmayapti. Shuningdek, Gimaraes oilasiga Nyukasl-apon-Tayn shahrida yashash yoqmayapti.

Yarimhimoyachining o'zi ham ketish istagini jamoa bosh murabbiyi Eddi Hauga allaqachon ma'lum qilgan. Qayd etish lozim, Bruno "qarğalar" safida 2022 yildan buyon to'p tepadi.

Bu mavsumda u barcha musobaqalarda 23 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta assist amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2028 yilga qadar amal qiladi.

Bugungi yangiliklar