«Andijon» «Buxoro»ga qarshi o'z maydonida o'tgan uchrashuvda 2:0 hisobida g'alaba qozondi va muxlislarini quvontirdi. Mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlangan o'yindan keyin «Andijon» bosh murabbiyi Islom Ahmadov matbuot anjumanida qatnashdi.
- Xudoga shukr, g'alabaga erishdik. Viloyatimiz hokimi, rahbarlarlarimiz, muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug' bo'ldi. Ularni g'alaba bilan chin dildan tabriklaymiz. Uchrashuvga kelsak, kuchli mutaxassis boshchiligidagi jamoaga qarshi o'yin kutib turganini bilardik. «Buxoro» himoyada tartibli o'ynaydi va qarshi hujumda tajovuzkor. Standart holatlari kuchli. Murabbiysi o'zining o'yin uslubiga ega va shunday jamoaga qarshi o'ynadik. Qo'ldan kelganicha tayyorgarlik ko'rdik. Futbolchilarimizga katta rahmat aytaman. Maydonda borini berib, oxirigacha kurashishdi. Bir daqiqa bo'lsa ham muvozanatni yo'qotmasdan so'nggi daqiqagacha kurashishgani uchun minnatdorchilik bildiraman.
- Birinchi bo'limda «Andijon» ikkinchi bo'limga nisbatan biroz kuchsizroq o'ynadi. Shu holat bo'yicha tanffusda qanday ko'rsatmalar bergandingiz?
- Doim erkin o'ynashlikni aytib kelamiz. Biz «Andijon»ga shunday futbolni olib kirmoqchimizki, g'alabaga erishganda ham, chiroyli, o'zini o'yin uslubiga ega bo'lishi kerak. Kelgan jamoa bilishi kerakki, to'pni nazorat qiladigan, hujumda tajovuzkor va rang-barang hujumlar uyushtiradigan jamoaga aylantirmoqchimiz. Futbolchilardan barcha bosimni olib tashlab, shoshilmasdan to'pni nazorat qilib, hujumlarga o'tishlarini aytdik. Baribir birinchi taymda biroz havoning issiqligini hisobiga va boshlab olish ozgina qiyin bo'ldi. Tanffusda shuningdek, kamchiliklar xususida ham tushunchalar berdik. Ikkinchi taymda o'yinimiz yaxshi bo'ldi.
- FIFA «Andijon»dan taqiqni olib tashlabdi. Endi yangi o'yinchilar qachon e'lon qilinadi va yana ko'rishni istayotgan o'yinchilaringiz ham bormi?
- Biz ham taqiqimiz yechildi, deb eshitdik. Ochig'i, bor e'tiborimizni o'yinga qaratgandik. Xudo xohlasa, shu kunlarda e'lon qilamiz. Yana biror chiziqqa o'yinchi kerakligini sezsak, shunga qarab taklif qilishimiz mumkin.
- Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar haqida nima deysiz?
- Xudoga shukrki, doimo bizda zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o'yinni kuchaytirib berishyapti. O'yinga yanada temp qo'shib, hujumkorlikni oshirishyapti. Bungacha ham zaxiradan maydonga tushganlarning o'yinni kuchaytirayotgani bois g'alabalarga erishib kelayotgandik. Bu safar ham xuddi shunday bo'ldi va zaxiradan tushganlar o'yinni kuchaytirib berishdi.
- Imeda Ashortianing jarohati qanchalik jiddiy? Keyingi o'yinda maydonga tusha oladimi?
- Yo'q. Imeda hozirda davolanish jarayonida. «Paxtakor» bilan bahsga ulgurmasak kerak. Keyingi o'yinlarda safimizga qaytadi.
- Yosh hujumchi Xamidullo Karimov ikkita o'yinda ikkita gol urdi. U haqida fikringiz qanday?
- Bu o'yinchini doim kuzatib borardik. Shuning uchun bu lavozimga o'tganimdan so'ng ularni asosiy bazamizdagi mashg'ulotlarga qo'shganmiz. Juda iqtidorli, golni sezish qobiliyati bor. Undan foydalanib, maydonga tushiryapmiz, asosiy tarkibga kiritib boramiz. U hali yosh, kelajagi porloq», - deya Ahmadovning so'zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.
Islom Ahmadov: «Bir daqiqa bo'lsa ham muvozanatni yo'qotmasdan so'nggi daqiqagacha kurashishgani uchun yigitlardan minnatdorman»
Eksklyuziv
27 iyul, 16:53
«Andijon» bosh murabbiyi «Buxoro»ga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Фото: Андижон ПФК
27.07.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
Andijon
2
:
0
Buxoro