Live
2
O'zbek

Rasman: «Lion» Opendaning «Yuventus»dan ijaraga oldi

Futbol
28 iyul, 16:39
Lua 2025 yilning sentyabr oyida «Leyptsig»dan «zebralar»ga ko‘chib o‘tgan edi.
Rasman: «Lion» Opendaning «Yuventus»dan ijaraga oldi
Фото: Lyon FC

«Yuventus» hujumchi Lua Opendaning «Lion»ga ijara asosida o‘tganini e'lon qildi.

Belgiya futbolchisi 26 yoshda bo‘lib, Fransiya klubi bilan kelasi mavsum yakuniga qadar bitim imzoladi.

Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, «Lion» Opendaning ijarasi uchun «Yuventus»ga 3,5 million yevro to‘laydi.

Lua 2025 yilning sentyabr oyida «Leyptsig»dan «zebralar»ga ko‘chib o‘tgan edi. O‘shanda turinliklar transfer uchun 42,75 million yevro sarflagan.

O‘tgan mavsumda u «Yuventus» safida barcha turnirlarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol muallifi bo‘lgan. Transfermarkt portalining ma'lumotiga ko‘ra, futbolchining hozirgi transfer qiymati 25 million yevroga baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lyon Lyon
Bugungi yangiliklar