Live
4
O'zbek

Klub sport direktori «Inter»ning Romeroga qiziqishi va muzokaralar o‘tkazilayotganini tasdiqladi

Futbol
26 iyul, 13:02
Milan klubi Argentina milliy jamoasi markaziy himoyachisini o‘z safida ko‘rmoqchi.
Klub sport direktori «Inter»ning Romeroga qiziqishi va muzokaralar o‘tkazilayotganini tasdiqladi
Foto: Getty Images

Milanning «Inter» klubi «Tottenhem» va Argentina milliy jamoasi markaziy himoyachisi Kristian Romero xizmatlariga qiziqib qolgan. Ingliz klubi bilan muzokaralar borasidagi mish-mishlarni Italiya chempioni sport direktori Pero Auzilio tasdiqladi.

«Romero? Shubhasiz, biz futbolchi va «Tottenhem» bilan kelishuvga erishishga harakat qilyapmiz. Bunday masalalar vaqt talab etadi, ammo shubhasiz, biz unga qiziqyapmiz. Ko‘ramiz», — deya Auzilio so‘zlaridan iqtibos keltirdi Sky Sport Italia.

Avvalroq, Romero «Tottenhem»dan ketmoqchiligi va himoyachiga Ispaniyaning «Barselona» klubi qiziqayotgani xabar qilingandi. OAV xabarlariga ko‘ra, London klubi Romeroni 50 mln yevroga baholamoqda, futbolchining o‘zi ham Italiyaga qaytishga qarshi emas.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Inter Inter
Bugungi yangiliklar