Samarqandning «Dinamo» klubi Armaniston milliy jamoasi tayanch yarimhimoyachisi Tigran Avanesyan bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi «Dinamo» safiga Rossiyaning «Orenburg» klubidan kelib qo‘shildi. Tomonlar mavsum oxirigacha mo‘ljallangan va kelishuvni uzaytirish imkoniyatini o‘z ichiga olgan shartnoma imzoladi. Avanesyan Samarqand klubida 19-raqam ostida harakat qiladi.
Qayd etilishicha, Tigran Avanesyan 2002 yil 13 aprel kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. U «Baltika» akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, faoliyati davomida SSKA Moskva, «Arsenal Tula» va «Orenburg» klublarida o‘ynagan. Shuningdek, Rossiya U17 va Armaniston U19 jamoalarida harakat qilgan. 2024 yildan buyon esa Armaniston milliy jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.
Ma’lumot uchun, Tigran Avanesyanning yaqin qarindoshlarining aksariyati asli samarqandlik bo‘lib, hozirda Samarqand shahrida istiqomat qiladi.