Fransiya milliy jamoasi sardori Kilian Mbappe Zinedin Zidan bosh murabbiy etib tayinlanganiga munosabat bildirdi.
28 iyul kuni Fransiya futbol federatsiyasi Zidan bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolanganini rasman e’lon qilgandi. Shundan so‘ng Mbappe ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida qisqa xabar qoldirdi.
«Uyga xush kelibsiz», — deb yozdi Mbappe.
Ma’lumot uchun, Zinedin Zidan 2021 yildan buyon murabbiylik qilmayotgandi. U «Real»ni ikki davrda boshqarib, klub bilan 11 ta sovrinni, jumladan ketma-ket uch marta UEFA Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.