"Yuventus" "Real" yarimhimoyachisi Brahim Diasni o'z safiga qo'shib olish variantini ko'rib chiqmoqda.
Goal xabariga ko'ra, Turin klubi 26 yoshli futbolchining vaziyatini diqqat bilan kuzatmoqda va uni hujum chizig'ini kuchaytirish uchun ustuvor nomzodlardan biri sifatida baholamoqda.
Manba ma'lumotiga ko'ra, "Real"ning "RB Leyptsig" vingeri Yan Diomande transferi ustida ishlayotgani Diasning kelajagiga ta'sir qilishi mumkin. Agar ushbu transfer amalga oshsa, madridliklarning hujum chizigidagi raqobat yanada kuchayadi.
Shu bilan birga, marokashlik futbolchi avvalroq faoliyatini "Real"da davom ettirish va Joze Mourinio loyihasining bir qismi bo'lishni istashini bir necha bor ta'kidladi.
Ma'lumot uchun, Brahim Dias o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 42 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.