Live
7
O'zbek

Krupi operatsiya qilindi

Futbol
29 iyul, 14:00
«Bornmut» hujumchisi oyog‘idagi jarohat sabab bir necha oy maydonga tusha olmaydi.
Krupi operatsiya qilindi
Foto: Getty Images

«Bornmut» hujumchisi Eli Junior Krupi beshinchi metatarsal suyagi singani sabab operatsiya qilindi.

Bu haqda klub rasman ma’lum qildi. Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, fransiyalik futbolchining tiklanish jarayoni 3–4 oy davom etishi kutilmoqda.

Shu tariqa, Krupi mavsum boshidagi bir qator uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.

Ma’lumot uchun, 20 yoshli Eli Junior Krupi yozgi transferlar oynasida «Barselona» va «PSJ» kabi klublarning qiziqish doirasida bo‘lib turgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bornmut Bornmut
Bugungi yangiliklar