"Brentford" bilan shartnomasi yakunlangan Jordan Henderson "Chelsi"ga o'tmoqda.
Tomonlar kelishuvning barcha shartlarini to'liq kelishib oldi. 36 yoshli yarimhimoyachi "ko'klar" bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi. Bu haqida taniqli insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Angliya milliy jamoasi a'zosi o'tgan mavsumda "Brentford" safida 34 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urgani va yana 3 ta golli uzatmani amalga oshirgandi.
Henderson Sanderlend tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U professional faoliyatining katta qismini "Liverpul"da (2011-2023 yillar oralig'ida) o'tkazib, jamoa bilan bir qator nufuzli sovrinlarni qo'lga kiritgan. Shuningdek, u "Koventri", "Al Ittifoq" va "Ayaks" klublarida ham o'ynagan.
Henderson — "Chelsi" futbolchisi (Romano)
Futbol
29 iyul, 10:41
London klubi 36 yoshli yarimhimoyachini o'z safiga qo'shib oldi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi