Madridning «Real» klubi «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rodri bilan shaxsiy shartnoma shartlarini to‘liq kelishib oldi.
Jurnalist Matteo Morettoning Radio Marca efirida ma’lum qilishicha, tomonlar barcha shaxsiy shartlar bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishgan. Bu esa «Real»ning «Manchester Siti» bilan olib borayotgan muzokaralarida muhim ustunlik bo‘lishi kutilmoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Rodri transferni amalga oshirish niyatida va u allaqachon Madrid klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan ham suhbatlashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Real» Rodrini 40–50 million yevro evaziga o‘z safiga qo‘shishni rejalashtirayotgani va tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar hal qiluvchi bosqichga kirgani haqida xabarlar tarqalgandi.