Madridning «Real» klubi himoyachisi Ferlan Mendi yana Fransiya milliy jamoasiga chaqirilishi mumkin.
L’Equipe xabariga ko‘ra, bosh murabbiy Zinedin Zidan futbolchi eng yaxshi sport formasiga qaytsa, uni terma jamoaga taklif etishni rejalashtirmoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Zidan Mendining o‘yinini yuqori baholaydi va uni Fransiya milliy jamoasining asosiy chap qanot himoyachisiga aylantirmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Ferlan Mendi avval Zinedin Zidan qo‘l ostida «Real» safida to‘p tepgan. Himoyachi so‘nggi bor Fransiya milliy jamoasi safida 2024 yil iyun oyida Kanada bilan o‘rtoqlik bahsida maydonga tushgan. Uning hisobida terma jamoa safida 10 ta o‘yin mavjud.