Live
7
O'zbek

Ferran Torres — «PSJ»ning asosiy transfer maqsadi

Futbol
29 iyul, 12:10
Parij klubi muqobil variant sifatida De Ketelare va Krupini ham kuzatmoqda.
Ferran Torres — «PSJ»ning asosiy transfer maqsadi
Foto: Getty Images

«PSJ» yozgi transferlar oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirish ustida ishlamoqda va asosiy e’tiborini «Barselona» hujumchisi Ferran Torresga qaratgan.

RMC Sport xabariga ko‘ra, parijliklar ispaniyalik futbolchi bo‘yicha hali rasmiy muzokaralarni boshlamagan. Bunga uning 2026 yilgi Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirokidan keyin narxi oshib ketishi mumkinligi sabab bo‘lgan. Fransiya chempionlari futbolchi uchun ortiqcha mablag‘ to‘lashni istamayapti.

Agar Ferran Torres transferi amalga oshmasa, «PSJ» muqobil variantlarga murojaat qiladi. Klub ro‘yxatidan «Atalanta» futbolchisi Sharl De Ketelare ham o‘rin olgan.

Shuningdek, parijliklar «Bornmut» hujumchisi Eli Junior Krupining o‘yinlarini ham kuzatmoqda. Hozircha futbolchi bo‘yicha rasmiy qiziqish bildirilmagan, biroq manbaga ko‘ra, fransiyalik hujumchi «PSJ»ga o‘tishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Arsenal» ham Ferran Torresni Xulian Alvares transferiga muqobil variant sifatida ko‘rayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar