«Monako» Magn Akliush bo‘yicha «PSJ»ning yana bir taklifini rad etdi.
L’Equipe nashrining xabar berishicha, Parij klubi 24 yoshli vinger uchun 45 million yevro taklif qilgan. Biroq monegasklar futbolchini sotishdan bosh tortgan. Shu bilan birga tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.
Liga 1ning o‘tgan mavsumida Akliush 31 ta bahsda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va yana 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchi Fransiya safida 2026 yildagi Jahon chempionatida qatnashdi va Iroqqa (3:0) qarshi bahsda 7 daqiqa harakat qildi.
«PSJ» Akliush transferi bo‘yicha «Monako»dan rad javobini oldi
Futbol
29 iyul, 11:49
Parij klubi taklif etgan narx monegaskliklarni qoniqtirmadi.
Foto: Getty Images