Bugun
25
O'zbek

«Yuventus» yaqin kunlarda uzoq kutilgan transferni yakunlashi mumkin

Futbol
29 iyul, 02:54
Turin klubi hujumchi Randal Kolo-Muani transferi bo‘yicha «PSJ» bilan yangi muzokaralar o‘tkazadi.
«Yuventus» yaqin kunlarda uzoq kutilgan transferni yakunlashi mumkin
Foto: Getty Images

Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.

«Yuventus» va «PSJ» hujumchi Randal Kolo-Muanining transferi bo‘yicha yangi muzokaralar o‘tkazadi.

Manbaga ko‘ra, yaqin 36 soat ichida klublar fransuz futbolchisining transferi bo‘yicha barcha shartlarni hal qilish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanadi.

27 yoshli futbolchining o‘zi «byankoneri» bilan 2031-yilning yozigacha mo‘ljallangan shartnomani allaqachon kelishib olgan. Forvard bu transfer amalga oshishi uchun faol tarzda harakat qilmoqda va nihoyat bitim yopilishini kutmoqda.

Avvalroq Randal Kolo-Muani Bundesliga va Saudiya Arabistonidan tushgan takliflarini rad etgan edi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda futbolchi «Tottenhem» klubida ijara asosida o‘ynagan bo‘lsa, o‘tgan yilning birinchi yarmida «Yuventus»da ham ijara asosida o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar