«Chelsi» forvard Danni Uelbekning transfer ishlarini yakunlash arafasida. «Brayton» 35 yoshli futbolchisi London jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishiga ruxsat berdi. Agarda kutilmagan muammo paydo bo‘lmasa, Uelbek «aristokratlar» bilan 2-yillik shartnoma imzolaydi.
APL o‘tgan mavsumi Uelbek uchun faoliyatidagi eng muvaffaqiyatlisiga aylandi – u chempionatning 38 o‘yinida 13 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Avvalroq Danni Angliyaning boshqa grand klublari «Manchester Yunayted» va «Arsenal» safida to‘p tepib ulgurgan.
Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» Premer-liga o‘tgan mavsumida bor yo‘g‘i 10-pog‘onani band etdi. Bu mavsum jamoa yevrokuboklarda ishtirok etmaydi. Jamoa boshqaruvini yaqinda ispaniyalik Xabi Alonso o‘z qo‘liga oldi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi