«Yuventus»ning sobiq hujumchisi Dushan Vlaxovich hamon «Barselona»ga o‘tish variantini afzal ko‘rmoqda.
26 yoshli futbolchiga Turkiya klublari asosiy da’vogar sanalsa-da, serbiyalik forvard Turkiya chempionatida to‘p tepishga unchalik qiziqmayapti va shu sababli yuqori maosh talab qilmoqda.
Ayni paytda, taniqli jurnalist Xerard Romeroning xabar berishicha, hujumchining «Barselona»ga qo‘yayotgan talablari mutlaqo boshqacha – u kataloniyaliklardan kamroq haq so‘ramoqda.
Dushan Vlaxovich to‘rt yarim yil davomida «Yuventus» sharafini himoya qildi. 2025/26-yilgi mavsum yakunlangach, «keksa sinyora» bilan shartnomasi o‘z nihoyasiga yetib, futbolchi erkin agentga aylangan edi.