Bu haqda Ben Jeykobs o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xabar berdi.
«Manchester Siti» vingeri Savio faoliyatini «Tottenhem» klubida davom ettirishga qaror qildi.
22 yoshli futbolchi rejalari haqida «shaharliklar» rahbariyatiga ma’lum qilib ulgurgan, deb xabar bermoqda jurnalist Ben Jeykobs.
Ta’kidlanishicha, braziliyalik o‘tgan yil yozdayoq londonliklar safiga ko‘chib o‘tmoqchi bo‘lgan, ammo «Siti» bu kelishuvga rozilik bildirmagan. Hozir ham transfer borasida kelishuv yo‘q, lekin klublar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.
Transfermarkt portali Savioning aktual transfer narxini 35 mln yevroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda futbolchi barcha musobaqalarni inobatga olganda 36 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma yetkazib berdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi