Bugun
25
O'zbek

Martinesning «Yuventus»ga transferi barbod bo‘lish arafasida — Romano

Futbol
28 iyul, 23:09
Hozir 33 yoshli jahon chempionining transferi ingliz klubining yuqori moliyaviy talablari sababli to‘liq to‘xtatilgan.
Martinesning «Yuventus»ga transferi barbod bo‘lish arafasida — Romano
Foto: Getty Images

Bu haqda mashhur insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

«Yuventus» muzokaralar jarayonidagi qiyinchiliklarga qaramay, hali ham «Aston Villa» va Argentina milliy jamoasi darvozaboni Emiliano Martinesni sotib olish niyatida.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda 33 yoshli jahon chempionining transferi ingliz klubi tomonidan yuqori moliyaviy talablar qo‘yilgani sababli to‘liq to‘xtatilgan.

Ma’lumot uchun, Martines 2020-yilning sentyabridan beri Birminghem jamoasi safida to‘p tepmoqda. Uning amaldagi shartnomasi muddati 2029-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali futbolchining aktual transfer narxini 12 million yevroga baholamoqda. 2025/2026-yilgi mavsumda darvozabon klub darajasida 44 ta o‘yin o‘tkazib, 49 ta gol o‘tkazib yubordi va 14 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga erishdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Aston Villa Aston Villa
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar