«Strasbur» va «Chelsi» klublari darvozabon Filip Yorgensen transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi, bu haqda insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Manbaga ma’lumotlariga ko‘ra, mish-mishlarga qaramay, «Koventri Siti» 24 yoshli daniyalikning transferi bo‘yicha aniq takliflar bermagan — «Strasburg» bilan shartnoma yaqin orada imzolanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Yorgensen 2024-yilning iyulidan buyon «Chelsi» safida to‘p tepmoqda, uning shartnomasi 2031-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladi.
Ma’lumot uchun, 2025/2026-yilgi mavsumda darvozabon 12 ta o‘yinda 17 ta gol o‘tkazib yubordi, bitta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi.
Transfermarkt portali Yorgensenning aktual transfer narxini 15 million yevroga baholamoqda.
APLning yangi mavsumiga tayyorgarlik doirasida «Chelsi» ilk o‘rtoqlik bahsida Avstraliyaning «Vestern Sidney Uonderers» jamoasini 6:4 hisobida mag‘lub etdi.