«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso qozog‘istonlik hujumchi Doston Satpayevning «Vestern Sidney Uonderers»ga qarshi o‘rtoqlik bahsidagi (6:4) o‘yini haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
17 yoshli futbolchi 6-daqiqada gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu o‘yin Satpayev uchun London jamoasi safidagi debyut bo‘ldi.
«Men Dostonni o‘tgan yili Olmaotada o‘ynagan vaqtlaridanoq bilardim. Uning o‘zgacha futbolchi ekani ko‘rinib turardi. U raqib darvozasi oldida xavf tug‘dira oladi. Hujumchi bilan yonma-yon juda yaxshi harakatlanadi va juda zo‘r tarzda qanotdan markazga o‘tadi.
Bu uning Olmaotadan ko‘chib kelganidan so‘ng klubdagi ilk tajribasi. U o‘zini yaxshi ko‘rsatdi», — deya Alonsoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Bobbi Vinsent o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Satpayev bellashuvning 63-daqiqasida zaxiraga olingan edi.