Bugun
25
O'zbek

O‘z vaqtida «yangi Messi» deb atalgan futbolchi B Seriya klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin

Futbol
29 iyul, 04:19
Xorvatiyalik Alen Halilovich klublar bo‘ylab sarguzashtlarini davom ettirmoqda.
O‘z vaqtida «yangi Messi» deb atalgan futbolchi B Seriya klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin
Foto: Getty Images

Бу ҳақда pianetamilan.it нашри хабар бермоқда.

«Barselona»ning sobiq yarimhimoyachisi, xorvatiyalik Alen Xalilovich klublar bo‘ylab sayohatini davom ettirmoqda. Uning navbatdagi sarguzashti o‘ziga yaxshi tanish bo‘lgan Italiya chempionatida sodir bo‘lishi mumkin. Avvalroq Alen «Milan» sharafini himoya qilishga ham ulgurgan.

Ammo bu safar gap ikkinchi kuchli liga - Seriya B haqida ketmoqda. Unga «Milan»ning yana bir sobiq futbolchisi Alessandro Nesta murabbiylik qilayotgan «Avelino» klubi qiziqish bildirdi. U allaqachon «Napoli»ning sobiq futbolchisi Adam Yunasni sotib olgan, hozir esa e’tiborini Halilovichga qaratgan, deb xabar beradi pianetamilan.it.

So‘nggi paytlarda Halilovich Niderlandiya chempionatida «Fortuna» jamoasida to‘p tepgan, ammo u yerda ham futbolchi qo‘nim topgani yo‘q.

Bugungi yangiliklar