Bugun
25
O'zbek

Rodri «PSJ»ga javob berdi

Futbol
29 iyul, 03:19
«Siti» yarimhimoyachisi Fransiya klubi safiga ko‘chib o‘tishga unchalik ham oshiqmayapti.
Rodri «PSJ»ga javob berdi
Foto: Getty Images

Bu haqda Diario AS nashri xabar berdi.

Angliyaning «Manchester Siti» klubining ispaniyalik yarimhimoyachisi Rodri «Pari Sen-Jermen» klubiga o‘tishga unchalik ham oshiqmayapti.

Parij klubi vakillari futbolchini ko‘ndirish maqsadida Ispaniya milliy jamoasi sardori bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqaga chiqqan, lekin Diario AS ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi taklifni rad etgan: «Yo‘q, rahmat». 30 yoshli «PSJ» qanday shartlar asosida shartnoma taklif qilayotganiga qiziqib ham ko‘rmagani aytilmoqda.

Avval bir necha bor aytilganidek, Rodri faoliyatini Madridning «Real» klubida davom ettirishni istaydi. «Qaymoqranglilar» yaqin kunlarda ingliz klubiga rasmiy taklif yuborishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, futbolchining «shaharliklar» bilan shartnomasi 2027-yilda yakuniga yetadi va xavbek yangi bitim borasida muzokaralar o‘tkazishni istamayapti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar