Bu haqda The Touchline nashri xabar berdi.
«Tottenhem» klubi markaziy himoyachisi Kristian Romero faoliyatini «Barselona»da davom ettirish niyatida bo‘lganligi sababli «Inter» bilan transfer borasidagi muzokaralarni to‘xtatib turishga qaror qildi. Argentinalik futbolchi Kataloniya klubi variantini ustun ko‘rmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, futbolchining agentlari ham transfer oynasi yopilishiga yaqinroq «Barselona» himoyachi transferi bo‘yicha jiddiy qadamlar tashlashiga ishonmoqda. «Inter» Romeroning vakillari bilan aloqaga chiqib, ehtimoliy shartnoma borasida muzokaralar o‘tkazib ulgurgan bo‘lsa-da, futbolchi Milan klubi foydasiga qaror chiqarishga shoshilmayapti. Hozircha «Barselona»dan hech qanday rasmiy taklif bo‘lgani yo‘q.
Ma’lumot uchun, Kristian Romeroning «Tottenhem» bilan 2029-yil yozigacha mo‘ljallangan amaldagi shartnomasi bor.
Transfermarkt portali 28 yoshli himoyachining aktual transfer narxini 50 mln yevroga baholamoqda.