UFC jangchisi Shavkat Rahmonovning shifokori Mixail Markvart mijozining tizzasidagi jarrohlik amaliyotidan keyin qachon oktagonga qaytishi mumkinligi haqida ma'lumot berdi.
«Shavkatning professional faoliyatini davom ettirmasligi uchun tibbiy jihatdan hech qanday asos yo‘q. Qaytish muddatiga kelsak, bu jismoniy tayyorgarlik murabbiylariga bog‘liq — u qanchalik tez sport formasini tiklay olishiga qarab baholanadi.
Menimcha, kelasi yil boshlarida uni yana oktagonda ko‘rishimiz mumkin», — dedi Markvart.
Qozog‘istonlik Rahmonov so‘nggi jangini 2024 yil dekabr oyida o‘tkazgan va hakamlarning yakdil qarori bilan Ien Gerrini mag‘lub etgan.
Shavkat Rahmonovning qachon oktagonga qaytishi mumkinligi ma'lum qilindi
MMA
29 iyul, 06:35
Qozog‘istonlik sportchi so‘nggi jangini 2024 yil dekabr oyida o‘tkazgan.
Foto: Getty Images