Bugun
25
O'zbek

Tadich Niderlandiya chempionatiga qaytdi

Futbol
29 iyul, 05:50
O'z vaqtida «Ayaks»da porlagan hujumchi o'tgan mavsumda 3-o'rinni egallagan jamoa safiga qo'shildi.
Tadich Niderlandiya chempionatiga qaytdi
Foto: NEC Nijmegen

Dushan Tadich faoliyatini yana Niderlandiya chempionatida davom ettiradi.

BAAning «Al Vahda» klubini tark etgan 37 yoshli hujumchi o'tgan mavsumda 3-o'rinni egallagan «NEK Neymegen» safiga qo'shildi.

Serbiyalik futbolchi yangi jamoasi bilan 2028 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Tadichga Eredivizi begona emas. U 2018-2023 yillar oralig'ida «Ayaks»da o'ynab, 3 bor mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan. Shuningdek, hujumchi «Tvente», «Groningen», Angliyaning «Sauthempton» va Turkiyaning «Fenerbahche» jamoalarida ham to'p tepgan.

Dushan o'tgan mavsumda BAA chempionatida 25 o'yin o'tkazib, 1 gol va 12 assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Neymegen Neymegen
  • Niderlandiya Eredivizioni Niderlandiya Eredivizioni
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar