Bugun
25
O'zbek

Zidan irqchilik haqida: «Ehtimol, biz vaziyatni o‘zgartira olmasmiz»

Futbol
29 iyul, 03:48
Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi futbolchilar duch kelgan irqchilik ruhidagi haqoratlar borasida fikr bildirdi.
Zidan irqchilik haqida: «Ehtimol, biz vaziyatni o‘zgartira olmasmiz»
Foto: Getty Images

Fransiya milliy jamoasi yangi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa futbolchilari duch kelgan irqchilik haqoratlari haqida gapirdi.

«Irqchilik haqida gapiradigan bo‘lsak, balki biz vaziyatni o‘zgartira olmasmiz. Ammo biz hamma butkul turlicha bo‘lgan ajoyib mamlakatda istiqomat qilamiz. Men hamma uchun joy topiladigan tumanda o‘sganman. Hayotim shundan iborat – men barcha bilan muloqot qilishim mumkin. Biz irqchilikka qarshi kurashishimiz zarur, biz shunga harakat qilyapmiz», – deya Zidan so‘zlaridan iqtibos keltirdi L’Equipe.

Eslatib o‘tamiz, 28 iyul kuni Fransiya futbol Federatsiyasi (FFF) 54 yoshli mutaxassis bilan jahon chempionati-2030 oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolanganini rasman e’lon qildi.

Ma’lumot uchun, Zidan Fransiya milliy jamoasida murabbiylar shtabi a’zolari borasida hamda Kilian Mbappe bilan qachon suhbatlashib olishi haqida gapirgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
Bugungi yangiliklar