Fransiya milliy jamoasi yangi bosh murabbiyi Zinedin Zidan murabbiylar shtabiga kimlar kiritilishi haqida gapirib o‘tdi.
«Biz barchani sentyabr oyida tanishtirib o‘tamiz, ammo mening murabbiylar shtabim tashkil etib bo‘lingan. Bu amalda men «Real»da birga ishlagan tarkib, ehtimol, ikki yoki uch nafar qo‘shimcha mutaxassis bilan birga.
Men sadoqatni qadrlaydigan odamman va birga ishlagan odamlar ham uni namoyon etishgan. Biz bu yo‘lni birga davom ettiramiz», — deya Zidan so‘zlaridan iqtibos keltirdi Fransiya futbol Federatsiyasi.
Eslatib o‘tamiz, seshanba, 28 iyul kuni Fransiya futbol Federatsiyasi (FFF) 54 yoshli mutaxassis bilan shartnoma imzolanganini rasman e’lon qildi — kelishuv jahon chempionati-2030 yakunlanguniga qadar amal qiladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi