Bugun
25
O'zbek

Zidan Fransiya milliy jamoasiga murabbiy etib tayinlanganidan so‘ng Mbappe haqida fikr bildirdi

Futbol
28 iyul, 23:31
Mutaxassis jamoa yetakchisi bilan ilk suhbati qachon bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.
Zidan Fransiya milliy jamoasiga murabbiy etib tayinlanganidan so‘ng Mbappe haqida fikr bildirdi
Foto: Getty Images

Fransiya milliy jamoasining yangi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa yetakchisi Kilian Mbappe bilan ilk muloqoti qachon bo‘lishini ma’lum qildi.

«Biz Kilian [Mbabpe] bilan muloqot qilmadik. Hozir uning uchun eng muhimi mavsum va jahon chempionatidan so‘ng o‘zini tiklab olishdir. Bu haqda u va barcha futbolchilar bilan tez orada - sentyabr oyida suhbatlashish imkoniyatiga ega bo‘lamiz», - deya Zidanning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Fransiya futbol federatsiyasining rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, 28-iyul, seshanba kuni Fransiya futbol Federatsiyasi (FFF) 54 yoshli mutaxassis bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi - kelishuv JCH-2030 yakuniga qadar amal qiladi.

Ma’lumot uchun, Mbappe Fransiya milliy jamoasi safida barcha musobaqalarda 106 ta o‘yin o‘tkazib, 66 ta gol urgan. Futbolchi 10 ta gol bilan AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tgan mundialning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar