Bugun
40
O'zbek

Fransiya — 2026-yilgi JChda eng ko‘p tanqid va haqoratlarga uchragan jamoa

Futbol
13 oktabr, 08:10
    10
FIFA mundial davomida e’lon qilingan xabarlar va izohlar tahlili natijalarini e’lon qildi.
Fransiya — 2026-yilgi JChda eng ko‘p tanqid va haqoratlarga uchragan jamoa
Foto: Getty Images

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026-yilgi Jahon chempionati davomida e’lon qilingan xabarlar va izohlar tahlili natijalarini taqdim etdi. Hisobot tashkilotning rasmiy saytida e’lon qilindi.

Musobaqa davomida avtomatik tizim orqali 17 milliondan ortiq post va izoh tekshirildi. Ularning 240 mingtasi haqoratli mazmunda ekani aniqlandi.

Izohlarning 43 foizi o‘yin va natijalarga taalluqli bo‘lgan. Huquqbuzarlik holatlarining 12 foizida irqchilik, 9 foizida korrupsiyaga oid ayblovlar, 8 foizida zo‘ravonlik bilan tahdid qilish, 7 foizida esa ksenofobiya holatlari qayd etilgan.

Fransiya eng ko‘p tanqid va haqoratlarga uchragan milliy jamoa bo‘ldi — ularga nisbatan 18 mingdan ortiq haqoratli holat aniqlandi. Ularning 33 foizi irqchilik bilan bog‘liq deb topilgan.

Angliya ikkinchi o‘rinni egalladi. Inglizlarga nisbatan bildirilgan haqoratlarning 43 foizi umumiy mazmunda bo‘lgan, irqchilik va ksenofobiya bilan bog‘liq holatlar esa jami 21 foizni tashkil etgan.

Haqoratli izohlarning eng ko‘pi Yevropadan (29,7 foiz) kelib tushgan. Keyingi o‘rinlarda Janubiy Amerika (28,1 foiz) va Shimoliy Amerika (22,5 foiz) qayd etilgan.

Irqchilik ruhidagi izohlarni esa eng ko‘p argentinalik foydalanuvchilar yozgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Angliya Angliya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar