Insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Fransiya va Italiya klublari 23 yoshli yaponiyalik darvozabonning ehtimoliy transferi bo‘yicha «Parma» bilan aloqada.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «PSJ» Suzuki transferini uzoq muddatli sarmoya sifatida ko‘rib chiqmoqda, biroq unga asosiy tarkibdan o‘rin kafolatlay olmaydi.
O‘z navbatida «Yuventus», agar turinliklar «Aston Villa» darvozaboni Emiliano Martinesni o‘z safiga qo‘shib ololmasa, yaponiyalikni birinchi raqamli futbolchiga aylantirishga tayyor. Ma’lum qilinishicha, Suzukining o‘zi «Yuventus»ga o‘tishga qiziqish bildirgan, biroq «Parma» hozircha transferga rozilik bermagan.
Transfermarkt portali yaponiyalik darvozabonning aktual transfer narxini 30 million yevroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Suzuki barcha musobaqalarni inobatga olganda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol o‘tkazib yubordi va 6 marta o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi.