Bugun
17
O'zbek

Yorgensen «Chelsi»ni tark etishga yaqin

Futbol
28 iyul, 07:00
Darvozabon faoliyatini «Strasbur»da davom ettirishi kutilmoqda.
Yorgensen «Chelsi»ni tark etishga yaqin
Foto: Getty Images

«Chelsi» darvozaboni Filip Yorgensen Fransiyaning «Strasbur» klubiga o‘tishga yaqin turibdi.

Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, tomonlar transfer bo‘yicha deyarli to‘liq kelishuvga erishgan. Hozirda bitimning futbolchi maoshi bilan bog‘liq yakuniy tafsilotlari muhokama qilinmoqda.

Qayd etilishicha, Yorgensen transfer yaqinlashgani sabab «Chelsi»ning mavsumoldi yig‘inini tark etgan. Uning «Strasbur»ga o‘tishi yaqin kunlarda rasman yakunlanishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, «Chelsi» va «Strasbur» bir xil investorlar guruhi — BlueCo tizimiga kiruvchi klublar hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Strasbourg Strasbourg
Bugungi yangiliklar