«Chelsi» himoyachi Josh Achimpongni yozgi transferlar oynasida qo‘yib yuborishni rejalashtirmayapti.
Jurnalist Saymon Jonson xabariga ko‘ra, London klubi 19 yoshli futbolchini akademiyaning eng istiqbolli tarbiyalanuvchilaridan biri deb hisoblaydi. Shu sabab Achimpong jamoada qoladi.
Qayd etilishicha, murabbiylar shtabi yangi mavsumda yosh himoyachiga ko‘proq o‘yin amaliyoti berishni rejalashtirgan.
Ma’lumot uchun, Josh Achimpong «Chelsi» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. O‘tgan mavsum u barcha musobaqalarda 30 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Transfermarkt futbolchini 25 million yevroga baholaydi.