«Yuventus» «Parma» darvozaboni Zion Suzuki transferi uchun kurashda «PSJ»ni mag‘lub etishga ishonmoqda.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, yaponiyalik posbon yozgi transferlar oynasida «Parma»ni tark etishi kutilmoqda. Turin klubi esa uning asosiy da’vogarlaridan biri sanaladi.
Manbaga ko‘ra, «Yuventus» rahbariyati futbolchi va uning klubi bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi hamda transferni yakunlashiga ishonmoqda.
Qayd etilishicha, «PSJ» ham 30 million yevrolik talabni bemalol qondira oladi. Biroq parijliklar Suzukiga asosiy tarkibdan joy kafolatlay olmaydi. «Yuventus» esa darvozabonga muntazam o‘yin amaliyotini va’da qilmoqda. Shuningdek, «PSJ» futbolchini sotib olib, keyinchalik ijaraga berish variantini ham ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lumot uchun, Zion Suzuki Yaponiya milliy jamoasining asosiy darvozabonlaridan biri hisoblanadi.