Live
9
O'zbek

BuxDU – "Sho'rtan" bellashuvi G'uzorda o'tkaziladi

Futbol
29 iyul, 13:18
Ushbu bahs 5 avgust sanasida o'tkazilishi belgilangan.
BuxDU – "Sho'rtan" bellashuvi G'uzorda o'tkaziladi
Фото: UzPFL

Proliga 13-turidan o'rin olgan BuxDU — "Sho'rtan" uchrashuvi 5 avgust sanasida o'tkazilishi belgilangan.

PFL matbuot xizmati xabar berishicha, mezbonlar Proliga reglamentining 14.8-bandiga binoan, uchrashuvga 20 kun qolguniga qadar o'yin o'tkaziladigan maydon masalasini hal qilishi kerak edi. Biroq Buxoro davlat universiteti jamoasi mazkur talabni o'z muddatida bajarmadi.

Shu sababli 13-tur doirasidagi bahs G'uzordagi Markaziy stadionda BuxDU nominal mezbonligida o'tkaziladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Buxoro University Buxoro University
  • Sho'rtan G'uzor Sho'rtan G'uzor
Bugungi yangiliklar