Live
1
O'zbek

Infantino Jahon chempionati huquqlarini sotishga rozi bo'lgan mamlakatlarga 40 mln dollardan taklif qildi

Futbol
29 iyul, 09:00
FIFA prezidenti oʻylab koʻrish uchun assotsiatsiyalarga 53 kun vaqt berdi.
Infantino Jahon chempionati huquqlarini sotishga rozi bo'lgan mamlakatlarga 40 mln dollardan taklif qildi
Foto: Getty Images

Janni Infantino Jahon chempionati huquqlarining bir qismini sotishdan tushgan daromaddan FIFA'ga aʼzo mamlakatlarga ulush taklif qilmoqda.

Avvalroq FIFA prezidenti turnir huquqlarining bir qismini tashqi investorlarga sotishni rejalashtirayotgani maʼlum boʻlgandi.

The Times maʼlumotlariga koʻra, Infantino uning rejasi qoʻllab-quvvatlanadigan taqdirda tashkilotga aʼzo boʻlgan 211 ta assotsiatsiyaning har biriga 40 million dollardan toʻlashga vaʼda bergan. Shu bilan birga, ularda taklifni qabul qilish uchun atigi 53 kun bor.

«Bu taklifni qabul qilish yoki qilmaslik boʻyicha qaror toʻliq sizlarning ixtiyoringizda. Agar siz uni qabul qilishni istasangiz, 10 milliard dollarlik paket 2027 yil 1 yanvardan boshlab amalga kiritiladi va bu bizning umumiy yoʻlimizning keyingi bosqichi boshlanganini anglatadi.

Agar siz mavjud holatni saqlab qolishga va bu taklifni rad etishga qaror qilsangiz, biz avval aytilganidek, moliyalashtirishni oshirishga qaratilgan Forward dasturini 2,7 milliard dollarga kengaytirishga tayyormiz.

Umuman olganda, 2027 yil 1 yanvardan boshlanadigan navbatdagi sikl davomida har bir aʼzo-assotsiatsiya ushbu taklif doirasida 40 million dollargacha mablagʻ olishi mumkin»
, — deyiladi Infantinoning xatida.

Tashqi investorlar bilan tuzilishi mumkin boʻlgan kelishuvga qarshilar Infantinoning moliyalashtirishni oshirish haqidagi taklifini «pora berish» deb atashdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar