Live
7
O'zbek

Pochettino AQSH milliy jamoasi bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin

Futbol
29 iyul, 12:20
Tomonlar hamkorlikni 2030 yilgi Jahon chempionatigacha davom ettirmoqchi.
Pochettino AQSH milliy jamoasi bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin
Foto: Getty Images

Maurisio Pochettino AQSH milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi faoliyatini davom ettirishga yaqin turibdi.

The Athletic xabariga ko‘ra, tomonlar shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni yakunlash arafasida. Yangi kelishuv 2030 yilgi Jahon chempionatiga qadar amal qilishi kutilmoqda.

54 yoshli mutaxassis AQSH terma jamoasini 2024 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Yaqinda yakunlangan o‘z uyidagi Jahon chempionatida amerikaliklar 1/8 finalga qadar yetib borib, Belgiya terma jamoasiga mag‘lub bo‘lgan edi.

Ma’lumot uchun, Maurisio Pochettino murabbiylik faoliyati davomida «Chelsi», «PSJ», «Tottenhem», «Sauthempton» va «Espanyol» klublarini ham boshqargan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • AQSH AQSH
Bugungi yangiliklar