ESPN nashri 2030 yilgi Jahon chempionatida g‘oliblik uchun asosiy da’vogar milliy jamoalar reytingini e’lon qildi.
Reytingni tuzishda 19 nafar jurnalist ishtirok etgan. Ular 15 ta milliy jamoani saralab, birinchi o‘ringa bo‘lajak chempionni, 15-o‘ringa esa syurpriz ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan jamoani joylashtirgan.
Yakuniy reyting quyidagicha:
- Ispaniya
- Fransiya
- Angliya
- Portugaliya
- Braziliya
- Marokash
- Argentina
- Germaniya
- Norvegiya
- Niderlandiya
- Belgiya
- Italiya
- Kolumbiya
- Yaponiya
- Meksika
Ma’lumot uchun, 19 nafar jurnalistdan 15 nafari Ispaniyani 2030 yilgi mundialning bosh favoriti sifatida tanlagan. Fransiya esa 4 nafar ekspert tomonidan birinchi o‘ringa loyiq ko‘rilgan.