Live
3
O'zbek

«Arsenal» Alvaresga muqobil sifatida Ferran Torresni ko‘rib chiqmoqda

Futbol
29 iyul, 11:14
London klubi «Barselona» hujumchisiga qiziqish bildirmoqda.
«Arsenal» Alvaresga muqobil sifatida Ferran Torresni ko‘rib chiqmoqda
Foto: Getty Images

«Arsenal» «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares transferi amalga oshmagach, e’tiborini «Barselona» futbolchisi Ferran Torresga qaratdi.

The Touchline xabariga ko‘ra, londonliklar bosh murabbiyi Mikel Arteta 26 yoshli ispaniyalikni hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun muqobil variant sifatida tanlagan. Biroq ehtimoliy transfer yozgi transferlar oynasidagi vaziyatga bog‘liq bo‘ladi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Arsenal» ushbu transferda yolg‘iz emas. «Atletiko» va «PSJ» ham Ferran Torresga qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, «Barselona» futbolchini jamoada olib qolishni rejalashtirgan va sentyabr oyida unga yangi shartnoma taklif qilmoqchi.

Ma’lumot uchun, Ferran Torres o‘tgan mavsum La Ligada 16 ta gol urdi. Transfermarkt 26 yoshli hujumchini 55 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar