Live
4
O'zbek

"Arsenal"da Vinisius transferiga bo'lgan ishonch pasaydi

Futbol
29 iyul, 10:51
London klubidagilar braziliyalik vinger "Real" bilan yangi shartnoma imzolaydi, deb hisoblashmoqda.
"Arsenal"da Vinisius transferiga bo'lgan ishonch pasaydi
Foto: Getty Images

"Arsenal"da Vinisius Juniorni jamoaga olib kelish imkoniyatiga bo'lgan ishonch pasaymoqda.

Avvalroq London klubi braziliyalik vingerni transfer qilish imkoniyatini ko'rib chiqayotgani, bu esa futbolchi "Real" bilan shartnomasini uzaytirmasa amalga oshishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Marca nashri "Arsenal"dagi manbalarga tayanib habar berishicha, "to'pchilar" bu transferni amalga oshirish imkoniyatini juda kam deb hisoblashmoqda. Ular braziliyalik vingerning Madrid klubi bilan yangi shartnoma imzolashini kutishmoqda.

Vinisius o'tgan mavsumda La Ligada 36 ta o'yin o'tkazib, 16 ta gol urgani va yana 5 ta golga assistentlik qilgani bilan ajralib turdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Arsenal Arsenal
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar