Live
3
O'zbek

«Fulhem» Gonsalo Garsiya uchun qariyb 60 million yevro taklif qilmoqda

Futbol
29 iyul, 11:26
London klubi hujumchini o‘z loyihasining asosiy figurasiga aylantirmoqchi.
«Fulhem» Gonsalo Garsiya uchun qariyb 60 million yevro taklif qilmoqda
Foto: Getty Images

«Fulhem» Madridning «Real» klubi hujumchisi Gonsalo Garsiyani transfer qilish uchun qariyb 60 million yevro taklif qilmoqda.

Marca xabariga ko‘ra, London klubi 22 yoshli futbolchi uchun 60 million yevrodan sal kamroq mablag‘ to‘lashga tayyor. Biroq madridliklar hujumchini ushbu summadan arzonroq narxda qo‘yib yuborishni rejalashtirmayapti.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Fulhem» Garsiyani klubning yangi loyihasidagi asosiy futbolchilardan biri sifatida ko‘rmoqda. Jamoa o‘yinini aynan uning atrofida qurish rejalashtirilgan. Qayd etilishicha, London klubini «Real»ning sobiq futbolchisi Alvaro Arbeloa boshqarmoqda.

Ma’lumot uchun, Gonsalo Garsiya «Real» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2030 yilning iyuniga qadar amal qiladi. O‘tgan mavsum u asosiy jamoa safida barcha musobaqalarda 39 ta bahsda maydonga tushib, 8 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fulhem Fulhem
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar