Live
1
O'zbek

Manchini: «Milliy jamoadan ketish sevgan insoningni yo‘qotishdek edi»

Futbol
29 iyul, 14:45
Mutaxassis Italiya milliy jamoasiga qaytgach, o'z hissiyotlarini yashirmadi.
Manchini: «Milliy jamoadan ketish sevgan insoningni yo‘qotishdek edi»
Foto: Getty Images

Roberto Manchini Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga qaytgach, 2023 yildagi ketishi va muxlislar bilan munosabatlari haqida fikr bildirdi.

Italiyalik mutaxassisning aytishicha, uch yil avval federatsiyaning sobiq prezidenti Gabriele Gravina bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik uning ketishiga sabab bo‘lgan.

«Uch yil avval men va Gravina o‘rtasida tushunmovchilik yuzaga kelgandi. Bundan juda afsusdaman.

Milliy jamoa libosi men uchun doim alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu sevgan insoningni yo‘qotishga o‘xshaydi. Endi esa yangi prezident Jovanni Malago tufayli taqdir menga bu xatoni tuzatish imkoniyatini berdi.

Muxlislar bilan ilk uchrashuvim? Jamoa shunday futbol o‘ynashiga harakat qilamanki, muxlislar meni kechirsin», — dedi Manchini.

Eslatib o‘tamiz, Roberto Manchini Italiya milliy jamoasini 2018–2023 yillarda boshqargan va uning qo‘l ostida milliy jamoa Yevro—2020 chempioniga aylangan. 2026 yil iyul oyida u yana «Skuadra Adzurra» bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Italiya Italiya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar