Live
5
O'zbek

YCHL. «Qayrat» «Omoniya»ni mag‘lub etib, 3-saralash bosqichiga yo‘l oldi

Futbol
29 iyul, 14:24
Qozog‘iston klubi penaltilar seriyasida g‘alabani qo‘lga kiritdi.
YCHL. «Qayrat» «Omoniya»ni mag‘lub etib, 3-saralash bosqichiga yo‘l oldi
Foto: Getty Images

29 iyul kuni UEFA Chempionlar ligasi 2026/27 yilgi mavsumining ikkinchi saralash bosqichi javob uchrashuvida Qozog‘istonning «Qayrat» klubi Kiprning «Omoniya» jamoasini qabul qildi.

Asosiy vaqt mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Yagona golni 37-daqiqada Edmilson urdi.

Uchrashuvning 27-daqiqasida «Omoniya» hujumchisi Andronikos Kakulis to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka olib, jamoasini bir kishi kam bo‘lib qoldirdi. Qo‘shimcha bo‘limning 111-daqiqasida esa kiprliklar himoyachisi Senu Kulibali ikkinchi sariq kartochkasi sabab maydonni tark etdi.

Qo‘shimcha bo‘limlarda hisob o‘zgarmagach, g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda «Qayrat» 6:5 hisobida ustun kelib, ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra 2:1 hisobida keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Ma’lumot uchun, «Qayrat» Chempionlar ligasi uchinchi saralash bosqichida «Levski» va «Universitatya Krayova» juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Chempionlar ligasi | 2-saralash bosqichi, javob uchrashuvi
«Qayrat» (Qozog‘iston) - «Omoniya» (Kipr) 1:0 (pen. 6:5)
Gol: Edmilson 37.
Chetlatishlar: Kakulis 27 (Omoniya), Kulibali 111 (Omoniya).
Ikki o‘yin natijasi: 2:1 — «Qayrat» foydasiga.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Qayrat Oma ota Qayrat Oma ota
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar