Live
1
O'zbek

Gari Nevill «Chelsi»ning Uelbek va Henderson transferlarini qo‘llab-quvvatladi

Futbol
29 iyul, 14:59
Sobiq himoyachi tajribali futbolchilar jamoaga katta foyda keltirishiga ishonmoqda.
Gari Nevill «Chelsi»ning Uelbek va Henderson transferlarini qo‘llab-quvvatladi
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» afsonasi Gari Nevill «Chelsi»ning Denni Uelbek va Jordan Hendersonni transfer qilish borasidagi harakatlariga ijobiy baho berdi.

Sky Sports'ga bergan intervyusida Nevill tajribali futbolchilarning maydondagi hissasi bilan bir qatorda, kiyinish xonasidagi roli ham juda muhimligini ta’kidladi.

«Bu aynan barchamiz kutgan transferlar. Premyer-ligada chempion bo‘lishni biladigan Henderson va Uelbek kabi futbolchilarning kelishi jamoa uchun foydali bo‘ladi. Ularning maydon tashqarisidagi hissasi ham maydondagidek muhim. Ular hali ham yaxshi futbolchilar va bir mavsumda 25–35 ta uchrashuvni yuqori saviyada o‘tkaza olishadi», — dedi Nevill.

Ma’lumot uchun, Denni Uelbek Angliya chempionligini «Manchester Yunayted» safida qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Jordan Henderson «Liverpul» bilan Premyer-liga g‘olibiga aylangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar