Live
3
O'zbek

FIFA Argentina milliy jamoasiga nisbatan uch yo‘nalish bo‘yicha tekshiruv boshladi

Futbol
29 iyul, 14:30
Ish yarimfinaldagi Folklend orollari haqidagi banner va yana ikki masala bilan bog‘liq.
FIFA Argentina milliy jamoasiga nisbatan uch yo‘nalish bo‘yicha tekshiruv boshladi
Foto: Getty Images

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Argentina futbol assotsiatsiyasiga (AFA) nisbatan rasmiy tekshiruv boshladi.

BBC Sport jurnalisti Deyl Jonsonning xabariga ko‘ra, ish 2026 yilgi Jahon chempionati yarim finalida Angliyaga qarshi uchrashuvdan keyingi voqealar yuzasidan ochilgan.

Tekshiruv quyidagi uch yo‘nalishni o‘z ichiga oladi:

  • sport tadbiridan nosportiv mazmundagi namoyishlar uchun foydalanish;
  • jamoaning noo‘rin xatti-harakati;
  • kamsitish va irqchilikka oid haqoratlar.

Qayd etilishicha, yarimfinal bahsidan so‘ng Argentina futbolchilari maydonga «Malvin orollari — Argentina hududi» degan yozuv tushirilgan banner bilan chiqqan.

Ma’lumot uchun, Argentina yarimfinalda Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etgan, finalda esa Ispaniyaga qo‘shimcha bo‘limlarda 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
Bugungi yangiliklar