Bu haqda jurnalist David Bernabeu xabar berdi.
Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta Angliyaning «Bornmut» klubi vakili Eli Junior Krupining nomzodini afzal ko‘rmoqda. «Barselona» tizzasidan olgan jiddiy jarohatiga qaramay, fransiyalik futbolchini yozda o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini istisno etmayapti.

Krupi jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazdi - u taxminan uch-to‘rt oyni o‘tkazib yuboradi. Laporta 20 yoshli futbolchi iste’dodining katta muxlisi hisoblanadi, shuning uchun u baribir aynan Krupiga pul sarflamoqchi.
Transfermarkt portalida yosh hujumchining narxi 70 million yevroni tashkil etadi. «Atletiko» sotishni qat’iyan rad etayotgan Xulian Alvaresning aktual transfer narxi esa 120 million yevroga baholanmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi